Xushxabar: Chernogoriyada yosh bokschilarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi!

Xabar berganimizdek, o‘tgan haftada Chernogoriya davlatida boks bo‘yicha 2002-2003-yillarda tug‘ilgan yoshlar o‘rtasida “Adriatic Pearl” xalqaro turniri o‘tkazildi. Quvonarlisi, kecha o‘z yakuniga yetgan ushbu musobaqada O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi aʼzolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, yosh yigit-qizlarimiz 5ta oltin, 3ta kumush va 7ta bronza, jami 15ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ushbu natija orqali O‘zbekiston terma jamoasi “Adriatic Pearl” xalqaro turnirida norasmiy umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Quyidagi yosh bokschilarimiz yurtimizga medal bilan qaytishmoqda:

Oltin:

-49 kg: Ibrohim Ishjanov

-91 kg: Amirshoh Samadov

+91 kg: Jahongir Zokirov

Kumush:

-52 kg: Shahzod Muzaffarov

-56 kg: Dilshod Abdumurodov

Bronza:

-60 kg: Aydos Tagaybayev

-69 kg: Sirojiddin Xojakmetov

-81 kg: Shohjahon Abdullayev

Qizlar:

Oltin:

-48 kg: Farzona Fozilova

-57 kg: Nigina O‘ktamova

Kumush:

-51 kg: Sabina Bobokulova

Bronza:

-51 kg: Feruza Kazakova

-64 kg: Gulshoda Istamova.

-69 kg: Sevinchxon Mirxonjonova

-75 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Biz ushbu muvaffaqiyat bilan yosh bokschilarimiz hamda O‘zbekiston boks federatsiyasini muborakbod etamiz. So‘nggi kunlarda erishilgan yorqin g‘alabalar o‘zbek boksining ertasi ishonchli qo‘llarda ekanligini yana bir bora ko‘rsatdi.

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>