Voleybol: oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioni Navoiyda aniqlanadi

13-oktyabrdan boshlab Navoiy shahrida 2002-2003-yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga start berildi.

Musobaqada 12ta jamoa 4 guruhga boʻlingan holda bahs olib bormoqda.

“A” guruhi:

Fargʻona viloyati,

Xorazm viloyati,

Surxondaryo viloyati

“B” guruhi:

Andijon viloyati,

Namangan viloyati,

Jizzax viloyati

“S” guruhi:

Qashqadaryo viloyati,

Navoiy viloyati,

Toshkent viloyati

“D” guruhi

Sirdaryo viloyati,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Samarqand viloyati

Musobaqaning dastlabki kunida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Xorazm – Surxondaryo – 2:3

Namangan – Jizzax – 0:3

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Samarqand – 3:0

Navoiy – Toshkent vil. – 3:0

Bugun jamoalar navbatdagi oʻyinlarni davom ettirishdi:

Fargʻona – Xorazm – 3:2

Namangan – Andijon – 0:3

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Sirdaryo – 3:0

Navoiy – Qashqadaryo – 3:0

Musobaqa 17-oktyabrga qadar davom etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>