Sharofiddin Boltaboyev Tel-Avivda oltin medalga sazovor bo‘ldi

-81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev final uchrashuvini ham g‘alaba bilan yakunladi.

Isroilning Tel-Aviv shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha «Katta Dubulg‘a» turnirining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘z yakuniga yetib bormoqda.

Quvonarlisi, hozirgina -81 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan dzyudochimiz Sharofiddin Boltaboyev final uchrashuvini ham g‘alaba bilan yakunladi. Mahoratli dzyudochimiz oltin medal uchun kechgan bellashuvda ancha nomdor sportchi, asli eronlik, hozirda Mo‘g‘uliston mamlakati sharafini himoya qilayotgan Said Mullai bilan kuch sinashdi.

Murosasiz kechgan bellashuvda Sharofiddin g‘alaba qozonib, Tel-Aviv «Katta Dubulg‘a» turniri chempioniga aylandi. Shuningdek, qoraqalpoq o‘g‘loni Tokio-2020 olimpiadasi yo‘lida qimmatli 1000 reyting ochkosini ham qo‘lga kiritdi.

Maʼlumot uchun, Boltaboyev finalga qadar Dorin Gotonoaga (Moldova), Aleksandr Vicherzak (Germaniya), Styuart Makvatt (Buyuk Britaniya) va Fran De Vit (Niderlandiya) ustidan ishonchli g‘alabaga erishgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

matbuot xizmati…

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>