Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida g‘oliblik poytaxtlik futbolchilarga nasib etdi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan Nasaf futbol akademiyasi maydonlarida 2008-yilda tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri terma jamoalari ishtirok etishdi.

4 kun davomida keskin bahslar ostida kechgan musobaqa finaliga Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyati terma jamoalari yetib kelishdi. Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda poytaxtliklar mezbonlarni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratishdi. Chempionatining 3-o‘rini Farg‘ona va Toshkent viloyati jamoalariga nasib etdi.

G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston futbol asosatsiyasi mutasaddilari, Nasaf futbol klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev, futbolchilar Umidjon Ergashev, Sherzod Nasrullayev va Marko Stanoyevich ishtirok etdi.

Shuningdek, musobaqa yakuniga ko‘ra, eng yaxshi futbolchi, eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi to‘purur futbolchilar ham aniqlanib, taqdirlandi.

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>