Ogʻir atletika: yetakchi sportchilarimizdan ishonchli gʻalabalar

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati bahslari qizgʻin davom etmoqda.

Musobaqada Sirdaryo viloyatidan tashqari respublikamizning barcha hududlaridan jami 153 nafar saralangan polvonlar gʻoliblik uchun supachaga chiqishadi.

Kecha musobaqa doirasida navbatdagi vazn toifalarida bahslar oʻtkazildi. Taʼkidlash joiz, bu safar ham aksariyat vazn toifalarida mamlakatimizning yetakchi sportchilari oʻz raqiblaridan yaqqol ustun ekanligi koʻrinib qoldi. Faqat erkaklar oʻrtasida -67 kg vazn toifasida biroz jiddiy raqobat kuzatildi.

Ushbu vazn toifasida navoiylik atlet Habibullo Amrulloyevga teng keladigan raqib topilmadi. U dast koʻtarish mashqida 104 kg., siltab koʻtarish mashqida esa 126 kg., ikki-kurash mashqida 230 kg. natija bilan 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Lekin unga ushbu vazn toifasida samarqandlik Ogʻabek Toʻxtayev biroz jiddiy raqobat taqdim etdi, deyish mumkin. Ogʻabek dast koʻtarish mashqida Habibullodan atigi bir kilo ortda qolgan boʻlsa, siltab koʻtarish mashqida ham tafovut katta boʻlmadi, atigi 6 kilo. Agar samarqandlik atlet har ikki yoʻnalishda oʻzining soʻnggi urinishlarini muvaffaqiyatli bajarganida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga Amrulloyev emas, balki Ogʻabek koʻtarilgan boʻlardi, ammo, lekin, biroq,…

Ogʻir atletika. Oʻzbekiston chempionati.

14-oktyabr kungi gʻoliblar roʻyxati:

Qizlar

— 71 kg.

1. Kumush Fayzullayeva (Navoiy) – 221 kg

— 76 kg.

1. Nigora Suvonova (Navoiy) – 201 kg

Erkaklar

— 67 kg.

1. Habibullo Amrulloyev (Navoiy) – 230 kg

— 73 kg.

1. Adhamjon Ergashev (Namangan) – 310 kg.

Musobaqa bugun yakuniga yetadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>