Og‘ir atletika: o‘smirlarimiz Jahon chempionatini 11ta medal bilan yakunladi

Saudiya Arabistonining Jidda shahri mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham munosib ishtirok etdi.

Yakuniga yetgan musobaqada vakillarimiz 4tadan oltin va kumush hamda 3ta bronza, jami 11ta medalga ega chiqishdi. Bu natija bilan mamlakatimiz sport delegatsiyasi umumjamoa hisobida faqat Rossiya terma jamoasidan ortda qolgan holda Tailand bilan birgalikda 2-3-o‘rinni egallashdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

-96 kg: Qurbonmurod Nomozov – 3ta oltin,

-73 kg: Diyorbek Ermatov – 1ta oltin,

-71 kg: Nigora Suvonova – 3ta kumush,

-55 kg: Ozoda Hojiyeva – 1ta kumush, 1ta bronza,

-61 kg: X.Matrasulov – 1ta bronza,

-71 kg: Sevinchoy Komilova – 1ta bronza.

Ushbu natijalardan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston og‘ir atletikasining kelajagi ishonchli qo‘llarda!

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>