Oʻzbekiston Superligasi-2020: “Buxoro” Pro-ligaga tushib ketdi, “Andijon” esa “Neftchi” bilan oʻtish oʻyinida kuch sinashadi

Bugun futbol boʻyicha joriy yilgi Oʻzbekiston Superligasining 26-tur oʻyinlari yakuniga yetdi. Mantiqan olib qaraganda, Superligada mavsum tugadi. Ammo hali futbolimiz elitasida 13-oʻrinni egallagan “Andijon” hamda Pro-ligada 2-oʻrin bilan kifoyalangan “Neftchi” jamoalari ishtirokidagi “Fargʻona derbisi” borki, aynan mazkur oʻyindan soʻng Superligada mavsum rasman tugadi deyish mumkin.

Musobaqa sovrindorlari allaqachon maʼlum boʻlib ulgurgandi. “Paxtakor” chempionlikni oʻz qoʻlida saqlab qolgan boʻlsa, “Nasaf”ga kumush va AGMK jamoasiga bronza medali nasib etib boʻlgandi. Soʻnggi tur bahslari esa faqat ligani tark etuvchi jamoalar taqdiriga oydinlik kiritib berardi.

Chempionat autsayderlari – “Surxon”, “Andijon” va “Buxoro” jamoalarining barchasi ushbu turda magʻlub boʻlishdi. Natijada oʻz-oʻzidan buxoroliklar yana elitani tark etishgan boʻlsa, 13-oʻrinni egallagan “Andijon” “oʻtish oʻyini”da maydonga tushadi.

26-turda qayd etilgan natijalar:

AGMK – “Buxoro” – 3:1
“Paxtakor” – “Andijon” – 2:0
“Surxon” – “Soʻgʻdiyona” – 1:2
“Qizilqum” – “Bunyodkor” – 1:1
“Qoʻqon-1912” – “Navbahor” – 1:1
“Nasaf” – “Lokomotiv” – 0:0
“Mashʼal” – “Metallurg” – 1:0

Mavsum davomida 21ta gol urgan “Paxtakor” aʼzosi Dragan Cheran ketma-ket ikkinchi yil Superliga toʻpurariga aylandi. 2-oʻrinni “Nasaf” hujumchisi Bobir Abdixoliqov egalladi – uning hisobida 17ta gol bor. “Paxtakor”ning yana bir hujumchisi Igor Sergeyev esa 16ta gol bilan toʻpurarlar poygasida 3-oʻrinni egalladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>