O‘zbekiston futbol bo‘yicha Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi

Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirdi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

Xabaringiz bor, O‘FA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi O‘zbekistonda qabul qilish bo‘yicha OFKga so‘rovnoma yuborgan edi.

O‘FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda o‘tkazish bo‘yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko‘plab muzokaralarni olib bordi.

Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo‘lib o‘tishiga rozilik bildirdi.

2013-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 terma jamoalari bosh sovrinni qo‘lga kiritgan. 2018-yili Xitoyda bo‘lib o‘tgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

matbuot xizmati..

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>