Nukusda Regbi-7 bo‘yicha O‘zbekiston kubogi yakunlandi. Bosh sovrin qaysi jamoalarga nasib etdi?

Avval xabar qilganimizdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida o‘tkazilgan Regbi-7 bo‘yicha erkaklar va ayollar jamoalari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan musobaqada bir qator debyutant jamoalar ham ishtirok etdi. Quvonarlisi, yildan-yilga mamlakatimiz jamoalarida saviya jihatidan o‘sish ko‘zga tashlanmoqda.

Ayollar o‘rtasida o‘tgan bahslarda bosh sovrin mezbonlarga nasib etdi. 2-o‘rinni navoiylik qizlar egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka Toshkent shahrining “Universitet” jamoasi yakun yasab berdi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqalarda esa g‘oliblikni O‘zbekiston Milliy Universitetining “Universitet” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ular hal qiluvchi bahsda musobaqa mezbonlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi regbichilaridan ustun kelishdi. 3-o‘rin esa Xorazm viloyati jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar medal, diplom, estalik sovg‘alari va bosh sovrin egalari esa kubok bilan taqdirlanishdi.

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>