Maktab haqida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 356- sonli qarori hamda Navoiy viloyatining hokimining 2016 yil 23 martdagi “Viloyat bolalar va o‘smirlar sport maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi Q-52 sonli qaroriga muvofiq Viloyat Madaniyat va sport ishlari boshqarmasi tasarrufida Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan viloyat bolalar – o‘smirlar sport maktabi qayta tashkil etildi.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 2015 yil 4 sentyabrdagi O‘RQ- 394 sonli qonuni ijrosi yuzasidan: Sport maktabining 2016 yil 1 apreldagi Pedagogik Kengashida ushbu qonun mutaxassislar hamda murabbiy – o‘qituvchilar o‘rtasida savol-javob tariqasida o‘rganilib muhokama qilindi. Shuningdek ushbu qonun kitob shaklida ko‘paytirilib chop etildi hamda xar bir xodimga tarqatildi. Kelgusida ushbu qonunni har chorakda kun tartibiga kiritilib, qonunning mazmun- mohiyatini chuqurroq o‘rganish yuzasidan tavsiyalar berib boriladi.

-Sport maktabida xukumat qarorlarining ijrosini bajarish bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 1 apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sport obyektlarida band bo‘lgan ayol sport ustozlari mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1315 sonli qaroriga asosan, viloyatning Navbaxor, Nurota, Karmana tumanlarining chekka qishloqlarida badiiy va sport gimnastikasi ayol murabbiy – o‘qituvchilaridan 3 nafari rag‘batlantirilib, ular moddiy qo‘llanilib kelinmoqda.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 5 maydagi “Bolalar sporti obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1332 sonli qarori

  1. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 sentyabrdagi “Sport maktablari faoliyatini hamda sport maktablari trenerlari va mutaxassislari mehnatini moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Nizomini tasdiqlash xaqidagi 211-sonli qarori ijrosi yuzasi qayta tashkil etilgan sport maktabi Ustavi ushbu qarorga asosan shakllantirilib ish faoliyatini boshladi.

-Sport maktabi Murabbiylik va uslubiy Kengashida murabbiy o‘qituvchilari ishtirokida ushbu qaror yuzasidan seminar tashkil etildi: seminarda sport maktabi guruxlarining ushbu qarorda ko‘rsatilgan ilova bo‘yicha ish faoliyatini olib borishlari lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.

-O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 214-sonli qarori ijrosi yuzasidan: sport maktabida faoliyat yuritayotgan 29 nafar murabbiy – o‘qituvchilari trenerlik faoliyatini olib borish yuzasidan ruxsatnomaga ega.

-O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 25 fevraldagi “2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya) da bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etadigan O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ – 1923 sonli qarori ijrosi yuzasidan sport maktabining reja dasturi ishlab chiqilib, unga ko‘ra sport maktabida ish olib borilmoqda. Badiiy gimnastika bo‘yicha Milliy terma jamoasi a’zosi 1995 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, navoiylik sportchi Qurbonova Zarina Akbarovna 2016 yil Rio-de-Janeyro shahri (Braziliya) da bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida badiiy gimnastika bo‘yicha gurux mashqlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdilar.

Bugungi kunda sport maktabida 26 shtat birligi mavjud bo‘lib, shundan 26 nafar murabbiy o‘qituvchilar – 2 nafar murabbiy xoreograf ish faoliyatini olib bormoqda. Ulardan 10 nafari: 3 nafari 1 toifa, 7 nafari 2 toifali murabbiy-ustoz toifasiga ega. Jami murabbiy o‘qituvchilardan 14 nafari oliy ma’lumotli, 13 nafari o‘rta maxsus ma’lumotga ega.

Ushbu murabbiy – o‘qituvchilar qo‘l ostida badiiy va sport gimnastika sport turlarining 78 ta guruxlarda (BTG-1 29 ta BTG-2 8 ta o‘quv yili 37 ta, O‘MG 1 – o‘quv yili 24 ta, O‘MG 2 – o‘quv yili 4 ta, O‘MG 3 – o‘quv yili 3 ta UMG-4 4ta ) jami 1196 nafar (819 nafari qizlardan iborat) o‘smirlar va qizlar sport hamda badiiy gimnastika sport turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

1-ilova: sport maktabi guruxlari va shug‘ullanuvchilari to‘g‘risida ma’lumot.

Sportning ommaviyligini oshirish maqsadida 2016 yilgi musobaqalarni tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan yillik taqvim rejaga asosan, GIVBO‘SM tomonidan tuman va shahar Ochiq Birinchiliklari tashkil etildi.

Jumladan, 2016 yilning 29-30 aprel kunlari Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida sport gimnastika sport turi bo‘yicha “2016 yil — Sog‘lom ona va bola yiliga” davlat dasturiga oid Ochiq birinchiligi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasida Respublikamizning Farg‘ona, Buxoro, Xorazm, Nukus, Navoiy viloyatlaridan jami 100 dan ortiq sportchilar ishtirok etdilar. Musobaqada sport maktab sportchilari yaxshi natijalarni ko‘rsatdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra o‘smirlar o‘rtasida Abriyev Alisher, Yorqulov Samandar, Nayimov Amir, qizlardan Sh.Toshnazarova, G.Aminova lar faxrli o‘rinlarni egalladilar. Ushbu sport musobaqasida sport maktabining 30 ga yaqin shug‘ullanuvchilari shundan 20 nafar qizlar ishtirok etdilar.

2016 yilning 3-5 may kunlari Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasining badiiy gimnastika zalida badiiy gimnastika bo‘yicha 9-may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlangan GIVBO‘SM Ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 2004-2010 yilda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida yakka chiqish va gurux mashqlari chiqishlarida bo‘lib o‘tdi. Ushbu sport musobaqada Navoiy viloyatining tumanlaridan hamda, Samarqand, Buxoro viloyatliridan jami 125 nafar qizaloqlar ishtirok etdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra Maxkamova Guliza, Boboyerova Shukrona, Sharofutdinova Binazir, Omonova Gulsanam, Nazarova Rayxon, To‘xtayeva Rayxon, Islomova Aziza, Juraqulova Marjona, Toshpulatova Muxlisa, Raxmatova Alina, Bobomurodova Shahzoda, Baxriddinova Jasmin, Xakimova Feruzabonular muvafaqqiyatli ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.

Sport maktabida iqtidorli sportchilarni saralash, tuman (shahar) musobaqalarni tashkil etish borasida, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan sport maktabi Birinchiligi, “Yoz-2016” , O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan sport musobaqalarini tizimli ravishda tashkil etilib o‘tkazildi.

  1. Sport maktabi viloyat maktabi sifatida Qiziltepa, Navbahor, Xatirchi, Nurota, Karmana tumanlarida malakali murabbiy o‘qituvchilarni jalb etgan holda, sport va badiiy gimnastika bo‘yicha jami qishloq joylarda 54 ta guruxlarda 745 nafar shug‘ullanuvchilar muntazam shug‘ullanmoqdalar. Jumladan:

-Qiziltepa tumanida jami 20 ta guruxda (shundan 16 ta badiiy gimnastika, 4 ta sport gimnastika guruxlari) 250 nafar (shundan 222 nafar qizlar);

-Navbahor tumanida badiiy gimnastika bo‘yicha 5 ta gurux bo‘lib unda 70 nafar qizlar;

-Xatirchi tumanida sport gimnastikasi bo‘yicha bo‘yicha 6 ta gurux bo‘lib unda 78 nafar shug‘ullanuvchi;

-Nurota tumanida 8 ta gurux bo‘lib ( shundan 4 ta sport gimnastika, 4 ta badiiy gimnastika) 110 nafar shug‘ullanuvchilar (shundan 54 nafari qizlar);

-Karmana tumanida 15 ta gurux ( 10 ta badiiy gimnastika, 5 ta sport gimnastikasi) da 237 nafar shug‘ullanuvchi (shundan 170 nafari qizlar) lar.

  1. Sport maktabida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchilar soni 1284 nfarni tashkil etgan bo‘lsa hozirgi kunga kelib 1320 nafarni tashkil etmoqda: shundan 745 nafari qishloq joylarda shug‘ullanuvchilarni tashkil etadi.

2- ilova. Muntazam shug‘ullanishni qamrab olinish darajasining o‘zgarish tahlili.

Sport maktabining Karmana tumanida joylashgan asosiy sport bazasi, Navoiy shahridagi “Yoshlar” sport majmuasida joylashgan gimnastika zallari, Qiziltepa, Xatirchi tumanlaridagi moslashtirilgan zallarda yangi guruxlar tashkil etish, trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish yuzasidan ruxsatnomaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etgan holda sport obyektlaridan samarali foydalanish choralari ko‘rilmoqda.