Dzyudo: terma jamoamiz Budapeshtda oʻtadigan “Katta Dubulgʻa” turniriga joʻnab ketdi

Xabar berganimizdek, 23-oktyabr kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Covid-19 pandemiyasi bilan bogʻliq tanaffusdan keyin ilk xalqaro turnir — “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnir boshlanadi.

Mazkur musobaqada Ilias Iliadis bosh murabbiyligidagi oʻzbekistonlik dzyudochilar ham ishtirok etadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, terma jamoamiz Vengriyaga 10 nafar sportchi bilan joʻnab ketgan.

Terma jamoamiz tarkibi:

Erkaklar

-60 kg: Sharofiddin Lutfillayev

-66 kg: Sardor Nurillayev

-73 kg: Hikmatilloh Toʻrayev

-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev

-81 kg: Kamoliddin Rasulov

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Bekmurod Oltiboyev

Qizlar

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqa Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga reyting ochkolarini taqdim etadigan yirik turnirlardan biri boʻlib, har bir vazn toifasidagi gʻoliblar 1000 reyting balliga ega boʻlishadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>