Boks: hozircha vakillarimizdan biri finalda, yana 3 nafar sportchimizda bronza naqd

Xabar berganimizdek, Belorusning Minsk shahrida boks boʻyicha faxriy sport ustasi Vladimir Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir oʻtkazilmoqda. Unda yurtimiz charm qoʻlqop ustalari ham ishtirok etishyapti.

Bugun musobaqa doirasida yarim final janglari davom ettirildi. Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, hozirgacha oʻtkazilgan janglarda toʻrt nafar bokschimiz ringga koʻtarildi. Hamyurtlarimizdan biri finalga yoʻl olgan boʻlsa, uch nafar sportchimiz afsuski raqiblariga imkoniyatni boy berishdi va musobaqaning bronza medali bilan kifoyalanadigan boʻldi.

Boks. V.Botvinnik xotirasiga bagʻishlangan xalqaro turnir ½ final janglari

-49 kg: Ibrohim Ishjanov – Vladislav Smolovski (Belarus) – 1:4

-49 kg: Avazjon Yoʻldoshev – Robert Badalian (Rossiya) – 4:1

-64 kg: Umid Qadamboyev – Aleksandr Ziryanov (Rossiya) – 0:5

-75 kg: Nurislom Ismoilov – Mixail Usov (Rossiya) – 2:3

Bugun musobaqaning kechki dasturida yana ikki nafar hamyurtimiz ringga koʻtariladi. Unda Fayzullo Xudoyberdiyev (-52 kg) rossiyalik Yevgeniy Jorovga qarshi jang qilsa, Sirojiddin Xojakmetov (-69 kg) rossiyalik Dmitriy Zaxarov bilan kuch sinashadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Fikr bildirish

You may use these HTML tags and attributes: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <s> <strike> <strong>